Archives

  • Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari va chet tillarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar
    Vol. 1 No. 1 (2024)

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18 yanvardagi “2024 yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16 sonli buyrug‘i, shuningdek, mamlakat ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpozium, kongress, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarni yuqori ilmiy va tashkiliy amaliy darajada samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan “Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari va chet tillarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

    Mazkur to‘plamdan respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari joy olgan.

    To‘plamga kiritilgan materiallarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar va meyoriy hujjatlar sanasining to‘g‘riligiga mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar.

    Andijon davlat chet tillari instituti, 2024-yil

  • TA’LIM TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA TILLARNI O‘QITISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
    Vol. 1 No. 2 (2024)

    GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI da 2024-yil 17-may kuni tashkil qilingan "TA’LIM TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA TILLARNI O‘QITISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami.

    To‘plamga xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etgan olimlar, o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalarning ma’ruza materiallari kiritilgan. To‘plamda keltirilgan materiallar nafaqat mutaxassislar, doktorantlar va talabalar uchun, balki keng kitobxonlar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

    Tahriryat a’zolari:

    Kurbanov B. Sh., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

    Jabborova D. D., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

    Gizatulina O. I., katta o‘qituvchi

    Taqrizchilar:

    Jumanova D. R., filologiya fanlari doktori, professor

    Mamatova X. M., pedagogika fanlari doktori, dotsent

    Maqolalar mualliflari materiallarning ishonchliligi, keltirilgan faktlar, iqtiboslar va havolalarning to‘g‘riligi uchun mas’uldirlar.

    Guliston davlat pedagogika instituti ilmiy kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.