MADANIYATLARARO MULOQOTDA SUN'IY INTELLEKTNING O’RNI

Authors

  • Adaxamova Muqaddasxon Nuriddin qizi Andijon davlat chet tillari instituti Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) 1-kurs magistranti Author

Keywords:

sun’iy intellekt, xalqaro aloqalar, madaniyatlararo aloqa, madaniy kontekst, chatbotlar.

Abstract

Bu maqola sun'iy intellektning madaniyatlararo muloqotda tutgan rolini tahlil qiladi. Uning tashqi xilma-xil tillar orasidagi muloqotni osonlashtirish, tarjima qilish va bir-birini tushunish, madaniy kontekstni aniqlash, va shaxsiylashtirilgan aloqa jarayonlarida sun'iy intellektning muhimligi ko'rsatilgan. Google Translate va Microsoft Translator kabi tarjima platformalari real vaqt rejimida tarjima qilish, turli tillarda muloqotni osonlashtirishga yordam beradi. Madaniyatlararo SI, madaniy kontekstni tushunish va madaniy sezgirliklar asosida talqin qilishda muhim rol o'ynaydi. Shaxsiylashtirilgan aloqa esa, foydalanuvchilar bilan individual aloqani kuchaytirish va madaniy imtiyozlar asosida aloqa strategiyalarini moslashtirishda muhimdir. Maqola, sun'iy intellektning madaniyatlararo muloqotda o'ynagan katta rolini belgilaydi va uning muloqot samaradorligini oshirishga ko'maklashgan muhimligini ta'kidlaydi.

Downloads

Published

10-06-2024

How to Cite

MADANIYATLARARO MULOQOTDA SUN’IY INTELLEKTNING O’RNI. (2024). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(1), 136-138. https://inno-world.uz/index.php/ispconference/article/view/539