ABDULLA QAHHORNING TARIXIY HIKOYALARDAGI TARIXIY SOʻZLAR ROʻYXATI

Authors

  • Eshmamatova Umida Zuhriddin qizi talaba, Chirchiq davlat pedagogika universiteti umidaeshmamatova19@gmail.com Author

Keywords:

oʻgʻri, ellikboshi, pristav, amin, baxshi, arbob, dodxoh kabilar

Abstract

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalariga va ularda uchraydigan ayrim tarixiy soʻzlarga toʻxtalib oʻtamiz.Abdulla Qahhorning bolalik yillari eng qiyin zamonlarga 1917-yil voqealari, Birinchi jahon urushi, mardikor olish voqealari, ocharchilik, ishsizlik, xullas, jamiyatda u tuzumdan bu tuzumga o‘tish davriga to‘g‘ri keldi. Abdulla Qahhor bolaligida ko‘rgan-kechirganlari asosida nodir asarlar yaratdi. Jumladan, “Boshsiz odam”, “Tomoshabog‘”, “Anor”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Dahshat”, “Qabrdan tovush” kabi original hikoyalar yozdi.Abdulla Qahhor “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “Mahalla” hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e‘tibor bergan. “O‘g‘ri” hikoyasida “Otning o‘limi itning bayrami” maqoli epigraf qilib olingan. “Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi” – kabi misralar shu hikoyadan olingan. “O‘g‘ri” hikoyasida “Begim deguncha belim sinadi”, “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz”, “Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi”, “O‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan” kabi maqollar qo‘llangan. “Bemor” hikoyasida vafot etgan ayol taqdir qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi “begunoh go‘dak” – qizcha holati bayon etilgan. Bu hikoyaga “Osmon yiroq, yer qattiq” maqoli epigraf qilib olingan. Adabiy ta’lim jarayoni Abdulla Qahhor asarlari bilan mazmunga boy, ma’rifatga to‘la bo‘lgan.

Downloads

Published

17-05-2024

How to Cite

ABDULLA QAHHORNING TARIXIY HIKOYALARDAGI TARIXIY SOʻZLAR ROʻYXATI . (2024). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(2), 438-440. https://inno-world.uz/index.php/ispconference/article/view/810