G‘AFUR G‘ULOMNING “SHUM BOLA” ASARIDAGI BADIIY TASVIR VOSITALAR

Authors

  • Nuralieva Hafiza Abdulhakim qizi talaba, Chirchiq davlat pedagogika universiteti nuralievahafiza0424@gmail.com Author

Keywords:

qahramonlar, taqdir, jonli voqealar, ziddiyatlar, jamiyat hayoti.

Abstract

Har bir asarning paydo bo‘lishida uning o‘z tarixi, yaratilish sabablari bor, ayrim asarlar bor zarurat tufayli yoziladi, ayrim asarlar borki mashhurlik uchun yoziladi, lekin G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari zamon ruhiyatini, mustamlaka davrining zulmlarini o‘zida yaqqol aks etgan asar hisoblandi. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o‘zbek adabiyoti va yozuvchiligi tarixidao‘zigaxoso‘rni bor. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetimqolgan Yozuvchining umri turli qiyinchiliklarda o‘tadi. Avvalo eski maktabda, so‘ngra rus-tuzemmaktabida ta’limoldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagimaktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923-yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng “Kambag‘al dehqon”, “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq haqiqati” gazetalari muharririyatlaridaishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashishyo‘lida muhim vosita bo‘ldi.Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she‘rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan “Dinamo” va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she‘riy to‘plamlari 1931-1932 yillarda chopetildi. “Shum bola” asari esa, uning avvalgi asarlariga nisbatan boshqacha bo‘lib, uningyaratilishi va asarining strukturasida turli xil o‘zgarishlar mavjud. Asarda o‘sha davr insonlarining hayoti yaqqol ko‘rinib turadi, Shum bolaning onasi yolg’iz o‘zi bolalarini katta qilishi, bir burda non topish qanchalik qiyinchiliklarni boshdan kechirishi, o‘sha davr ayollarining huquqlari poymol etilishi orqali o‘sha davrda umuman ona va bola huquqlarining ishlamaganiga guvoh bo‘lamiz. Bozorlarda jinnilarning ko‘pligi, Shumbolaning ta’rificha aytilgan “Otalarimizga ish topilmaganda bizga ish qayoqda deysiz” kabi iboralari erkak kishilar o‘z oilasini katta qiyinchilik ustida boqayotgani, bolalarga-ku umuman ish topilmasligini yaqqol dalili hisoblanadi. Ko‘chada tilanchilarning juda ham ko‘pligi shusiz ham mustamlaka ostida yashayotgan xalqning yanada qashshoqlashayotgani, turli hududlarda ocharchiliklar davom etayotgani, o‘g‘rilik va fisqu-fasodning avj olishi asarda yorqin bo‘yoqlar bilan ifoda etilgan. “Shum bola”ning ijodiy tuyg'ulari, shoiriy uslubi va yorqin adabiy qahramonlari bilanbirgalikda, Qoravoyning tinib-tinchimagan sarguzashtlari, yozuvchi kulguli yumor ortigaachchiq haqiqatlarni ifodalashga harakat qilgani tahsinga sazovor.

Downloads

Published

17-05-2024

How to Cite

G‘AFUR G‘ULOMNING “SHUM BOLA” ASARIDAGI BADIIY TASVIR VOSITALAR. (2024). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(2), 441-443. https://inno-world.uz/index.php/ispconference/article/view/811